"Istanbul Bashakshehir" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shomurodovdan assist!

"Istanbul Bashakshehir" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shomurodovdan assist!

"Istanbul Bashakshehir" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shomurodovdan assist!
Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichiga saralashidan o‘rin olgan \"Istanbul Bashakshexir\" - \"Viking\" o‘rtasidagi bellashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Dastlab uchrashuvning 34-daqiqasida Turkiya klubi himoyachisi Onur Bulut o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa hamyurtimizning uzatmasidan so‘ng Zelke hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Istanbulliklarni ushbu durang ham keyingi bosqichga olib chiqdi. Sababi, jamoa ilk to‘qnashuvda 1:3 hisobida g‘alaba qozonib, uyga qaytgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 83-daqiqada terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov o‘rniga zaxiradan Yusuf Sari o‘yinga qo‘shildi.

\"Istanbul Bashakshehir\" - \"Viking\" 1:1
Gollar: Onur Bulut 34, Devid Selke 40

Dastlabki uchrashuv: 3:1

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.