Italiya kubogi. «Milan» «Bari»ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi (video)

Italiya kubogi. «Milan» «Bari»ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi (video)

Massimiliano Allegri murabbiyligi ostidagi \"Milan\" Italiya kubogi doirasida \"Bari\" bilan to‘qnash keldi va ishonchli 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Rafael Leau bosh bilan zarba yo‘llab, o‘yindagi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida esa Kristian Pulishich milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

66-daqiqada \"Real Madrid\"ning sobiq yarim himoyachisi va afsonasi Luka Modrich Samuele Richchi o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, \"Milan\" Italiya A Seriyasidagi ilk o‘yinini 23 avgust kuni \"Kremoneze\"ga qarshi o‘tkazadi.

Italiya kubogi. 1/32 final
Milan — Bari 2:0
17 avgust, «San-Siro»
Gollar: Leau (14), Pulishich (48).
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salemakers (Ofakor, 82), Loftus-Chik (Yashari, 65), Richchi (Modrich, 65), Fofana, Estupinyan, Pulishich (Musa, 65), Leau (Ximenes, 17).
Bari — Cherofolini, Dikmann, Vikari, Nikolau, Dorval (Tripaldelli, 82), Bellomo (Verret, 51), Braunoder, Pagano (Partipilo, 68), Pereyro (Rao, 51), Sibilli, Monchini.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.