La Liga. "Real" mavsum boshini "Osasuna" ustidan g‘alaba bilan boshladi


Xabi Alonso boshchiligidagi \"Real Madrid\" La Liganing ilk turida \"Osasuna\" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Birinchi bo‘limda \"qirollik klubi\" bir necha xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, gol ura olmadi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Kilian Mbappe 11 metrlik jarima zarbasida unumli foydalangan holda, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi.
\"Real\" - \"Osasuna\" 1:0
19 avgust. Madrid. \"Santyago Bernabeu\"
Gol: Mbappe 51 (penalti)
\"Real\": Kurtua - Trent (Karvaxal 68), Militao, Xeysen, Karreras - Gyuler (Sebalos 90), Chuameni, Valverde - Braim (Mastantuono 68), Vinisius (Gonsalo 78), Mbappe
\"Osasuna\": Errera - Boyomo, Katena, Krus (Garsiya 85) - Rose, Torro, Monkayola, Bretones - Garsiya (Munos 66), Oros (Gomes 77), Budimir
Ogohlantirish: Mbappe 90
Chetlatish: Bretones 90+4
Ma’lumot o‘rnida, \"qaymoqranglilar\" navbatdagi uchrashuvini 24 avgust kuni \"Ovedo\"ga qarshi o‘tkazadi.













