O‘zbekiston dzyudochilari Fransiyani mag‘lub etib chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston dzyudochilari Fransiyani mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida aralash jamoaviy bellashuvlar boshlandi. Musobaqaning dastlabki bahslaridayoq O‘zbekiston terma jamoasi o‘z kuchini namoyon qildi.
1/8 finalda hamyurtlarimiz Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozonishdi. Bellashuvlarda Muhammadkarim Nosirov (-60 kg), Inomjon Bahodirov (-81 kg), Umida Nig‘matova (+63 kg) va Alibek Durdiyev (+81 kg) raqiblarini mag‘lub etib, jamoamiz umumiy zafarini ta’minlashdi.
Endilikda chorak finaldagi raqibimiz Qozog‘iston terma jamoasi bo‘ladi. Qo‘shnilarimiz ilk bosqichda mezbon Bolgariya dzyudochilarini 4:1 hisobida ortda qoldirib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, milliy terma jamoamiz musobaqada kuchli maqsadlar bilan ishtirok etmoqda va har bir bahsda g‘alaba uchun maydonga tushmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.