JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)

JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)

Jahon chempionati oldidan rasmiy homiylar turli mahsulotlar va promo materiallarni ishlab chiqishda katta faollik ko‘rsatishmoqda. Shu jarayonda musobaqaning rasmiy to‘p ishlab chiqaruvchisi – Adidas o‘zining navbatdagi innovatsiyasi bo‘lgan “Trionda” to‘pini ishqibozlarga namoyish etdi.
JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)
Bu to‘pning nomi ham, dizayni ham o‘ziga xos ma’no kasb etadi. “Trionda” atamasi “tri” – ya’ni “uchlik” so‘zidan olingan bo‘lib, Jahon chempionati tarixida ilk bor barcha uchta mezbon mamlakatda o‘yinlar o‘tkazilishini ifodalaydi. “Onda” esa ispan tilidan “to‘lqin” deb tarjima qilinadi. Adidas bu orqali to‘pdagi dinamik egri chiziqlar orqali harakat, kuch va uyg‘unlik ramzini berishga uringan.
JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)
Ta’kidlash joizki, Trionda dizayni Adidas\'ning 2014 yil Braziliyada o‘tgan Jahon chempionati uchun yaratilgan mashhur Brazuca to‘pini eslatadi. Har ikki to‘pda ham ranglar uyg‘unligi, zamonaviy texnologiya va estetika o‘z ifodasini topgan.
JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)
Adidas rasmiylari ta’kidlashicha, Trionda nafaqat ko‘rinishi bilan, balki sifat va funksionalligi bilan ham ajralib turadi. Unga zamonaviy materiallar va maxsus tekstura qo‘llanilgani sababli futbolchilarga yuqori darajada nazorat, aniqlik va barqaror parvoz imkoniyatini beradi.
JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)
Yangi to‘pning namoyishi chempionatdan oldingi eng katta yangiliklardan biri sifatida muhokamalar markaziga aylandi. Shubhasiz, Trionda butun jahon futbol muxlislari uchun bu musobaqaning eng asosiy ramzlaridan biriga aylanadi.
JCH-2026 to‘pining suratlari namoyish etildi (foto)

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.