Xoland APLdagi eng sust startni qayd etdi

Xoland APLdagi eng sust startni qayd etdi

\"Manchester Siti\" forvardi Erling Xoland haqida qiziqarli ma’lumot e’lon qilindi.

25 yoshli norvegiyalik hujumchi joriy mavsum Angliya premer-ligasining dastlabki 4 o‘yinida 5 ta gol urdi. Bu natija uning APLdagi eng yomon boshlanishi hisoblanmoqda.

Avvalgi mavsumlarda Erling yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan — 2022/23 va 2023/24 yilgi chempionatlarda ilk 4 turda 6 tadan gol kiritgan, 2024/25 mavsumda esa shu davrda 9 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan edi.

\"Shaharliklar\"ning keyingi uchrashuvi 21 sentyabr kuni \"Arsenal\"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.