"Galatasaray" "Liverpul" ustidan kutilmagan g‘alaba qozondi

Chempionlar Ligasi bahsida Turkiyada \"Galatasaray\" mashhur \"Liverpul\"ni qabul qildi. O‘yinning yagona goli 16-daqiqada Viktor Osimhen tomonidan penaltidan kiritildi. Shundan keyin inglizlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq hisobni o‘zgartira olishmadi.
Statistikada \"Liverpul\" ancha faol bo‘ldi: 68% to‘p nazorati, 16 ta zarba (4 tasi aniq). \"Galatasaray\" esa 9 zarba berib, shundan 4 tasini darvozaga yo‘lladi. Uchrashuv keskin kurashda o‘tdi: 26 ta qoida buzildi va jami 8 ta sariq kartochka ko‘rsatildi.
Bu g‘alaba \"Galatasaray\" uchun guruhda muhim imkoniyat yaratdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













