O‘tkir Yusupovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Avstriyada tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda yakunladi, deb O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy kanali xabar berdi.
Bugun futbolchimiz davolanish olib borilgan klinikadan chiqadi va reabilitatsiya jarayonini “Armonia” nomli maxsus tibbiy markazda davom ettiradi.
Tiklanish jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida amalga oshiriladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yusupovga tez orada to‘liq sog‘ayib, yana maydonga qaytishini tilab qoladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













