"Real" yulduzi "Barselona"ga qarshi uchrashuv arafasida safga qaytdi

"Real" yulduzi "Barselona"ga qarshi uchrashuv arafasida safga qaytdi

Madridning \"Real\" jamoasi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jarohatdan keyin mashg‘ulotlarga qisman qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik futbolchi bugun jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarning bir qismida ishtirok etdi. U 16 sentyabr kuni sonining orqa qismidan olgan jarohatidan so‘ng birinchi marta umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Futbolchining asosiy maqsadi — yaqinlashayotgan “el-klasiko” uchrashuviga yetib kelish. “Real” 26 oktyabr kuni La Liganing 10-turida \"Barselona\"ni qabul qiladi.

Trentning safga qaytishi Xabi Alonso jamoasi uchun muhim yangilik bo‘ldi. Mutaxassislar “el-klasiko”da uning maydonga tushishi katta ehtimol bilan sodir bo‘lishini ta’kidlamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.