Skott Karson 40 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Angliyaning sobiq darvozaboni Skott Karson futbolchilik faoliyatini yakunladi. U o‘zining bu qarorini shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Euro-football.ru yozishicha, Karson sentabr oyida 40 yoshga to‘ldi. Skott Karson so‘nggi olti yilini “Manchester Siti” tarkibida o‘tkazdi va asosan uchinchi darvozabon sifatida harakat qildi.
Shu davr mobaynida u atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 2007-2011 yillarda Angliya terma jamoasiga ham chaqirilgan.
Karson futbolchilik faoliyati davomida “Lids”, “Charlton”, “Vest Bromvich” kabi bir qator ingliz klublarida o‘ynagan. Uning faoliyatini yakunlaganiga “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ham munosabat bildirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Euro-football.ru yozishicha, Karson sentabr oyida 40 yoshga to‘ldi. Skott Karson so‘nggi olti yilini “Manchester Siti” tarkibida o‘tkazdi va asosan uchinchi darvozabon sifatida harakat qildi.
Shu davr mobaynida u atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 2007-2011 yillarda Angliya terma jamoasiga ham chaqirilgan.
Karson futbolchilik faoliyati davomida “Lids”, “Charlton”, “Vest Bromvich” kabi bir qator ingliz klublarida o‘ynagan. Uning faoliyatini yakunlaganiga “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ham munosabat bildirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













