Yago Aspas “Celta” safida 534-o‘yin bilan klub rekordini yangiladi

Yago Aspas “Celta” safida 534-o‘yin bilan klub rekordini yangiladi
Celta klubi hujumchisi Yago Aspas payshanba kuni Yevropa Ligasi uchinchi turida Nicega qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Bu uchrashuv Vigo klubi safida uning 534-o‘yini bo‘ldi.

Euro-football.ru ma'lumotiga ko‘ra, Aspas shu natija bilan Celta tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. U avvalgi rekord egasi Manoloni ortda qoldirdi.

Manolo o‘z vaqtida Celta safida 533 ta o‘yin o‘tkazgan edi. Yaqinda Aspas Manolo natijasiga yetib olganida, jamoa sardoriga esdalik futbolkasi va tort topshirilgan.

Hozirda Celta Ispaniya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa to‘qqiz turda yetti ochko jamg‘ardi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.