"Barselona" Flik yordamchisi boshchiligida mag‘lub bo‘ldi

"Barselona" Flik yordamchisi boshchiligida mag‘lub bo‘ldi

Madridning \"Real\" klubi La Liga 10-turida \"Barselona\" ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv yakshanba kuni \"Santyago Bernabeu\" stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Qiziq tomoni, \"ko‘k-anorranglilar\" Markus Zorg boshchiligida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishdi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.

Bungacha Xans-Diter Flikning yordamchisi boshqaruvida kataloniyaliklar dekabr oyida \"Atletiko Madrid\" va \"Leganes\"ga yutqazib qo‘ygan edi. Eslatib o‘tamiz, Flik \"El-Klasiko\" uchrashuvida \"Jirona\"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olganligi sababli diskvalifikatsiya tufayli qatnasholmadi.

Navbatdagi turda \"Barselona\" o‘z maydonida \"Elche\"ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.