Tudor isteʼfoga chiqarilmaydi

Tudor isteʼfoga chiqarilmaydi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Igor Tudor tez orada lavozimidan chetlatilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Yakshanba kuni "keksa sinyora" A Seriya doirasida "Latsio"ga qarshi bahsda 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Bu "Yuventus"ning ketma-ket uchinchi magʻlubiyati boʻlib, jamoa soʻnggi sakkiz uchrashuvda gʻalaba qozona olmagan. Shunga qaramay, ilBiancoNero nashrining xabariga koʻra, Tudor hozircha isteʼfoga chiqarilmaydi.

Klub rahbariyati xorvatiyalik murabbiyning oʻrniga boshqa nomzodlarni koʻrib chiqmoqda, ammo yaqin orada uni lavozimidan ozod etish rejalashtirilmagan. "Yuventus" hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinda bormoqda.

Chorshanba kuni "Bianconeri" oʻz maydonida "Udineze"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.