Skott Maktominay Angliyaga qaytishni istayapti

Sobiq "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominay Angliya Premer-ligasiga qaytishni rejalashtirayotgani haqida The Sun nashri xabar bermoqda. 2024-yil yozida shotlandiyalik futbolchi Angliyani tark etib, Italiya klubi "Napoli" safiga qoʻshilgan edi.
Manbaga koʻra, 28 yoshli futbolchi Neapol shahridagi hayotdan tashqarida oʻzini noqulay his qilmoqda. Shu sababli u Angliyaga qaytishni oʻylayotgani taʼkidlanmoqda.
Joriy mavsumda Maktominay barcha musobaqalarni hisobga olganda oʻnta oʻyinda ishtirok etdi, toʻrtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. "Napoli" bilan futbolchining shartnomasi 2028-yilgacha moʻljallangan.
Transfermarkt mutaxassislari uning narxini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga koʻra, 28 yoshli futbolchi Neapol shahridagi hayotdan tashqarida oʻzini noqulay his qilmoqda. Shu sababli u Angliyaga qaytishni oʻylayotgani taʼkidlanmoqda.
Joriy mavsumda Maktominay barcha musobaqalarni hisobga olganda oʻnta oʻyinda ishtirok etdi, toʻrtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. "Napoli" bilan futbolchining shartnomasi 2028-yilgacha moʻljallangan.
Transfermarkt mutaxassislari uning narxini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













