APL hujumchisi tezlik oshirganligi uchun jazoland

APL hujumchisi tezlik oshirganligi uchun jazoland
Bornmut klubi hujumchisi Jastin Klyuyvert haydovchilik huquqidan mahrum qilindi. The Sun nashrining maʼlumotlariga koʻra, niderlandiyalik futbolchi tezlikni oshirganlik uchun jazoga tortilgan.

Soʻnggi uch oy ichida u ikki marta bu qoidabuzarlikni sodir etgan. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli futbolchi sakkizta oʻyinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq boʻlgan.

"Bornmut" jamoasi Angliya chempionatining bu yilgi mavsumining birinchi yarmida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Toʻqqiz turdan soʻng "Olchalar" 18 ochko toʻplab, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ular peshqadam "Arsenal"dan toʻrt ochkoga ortda qolyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.