Flik Yamalga jahl qildi – sabab aniqlandi

Flik Yamalga jahl qildi – sabab aniqlandi
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qanot hujumchisi Lamin Yamalga nisbatan jahl qilgan. Transfer News Live’ning Defensa Central’ga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi Yamalning "El-Klasiko" oldidan bergan bayonotlari bilan Real futbolchilarini provokatsiya qilganidan norozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdan bir necha kun oldin Yamal Real klubini "tiqib qo‘yuvchi" so‘zlar aytgan edi. Natijada Barselona "Santyago Bernabeu" stadionida Realga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Yamal mazkur uchrashuvda samarali harakatlar ko‘rsata olmadi. Hozirda Barselona La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Xans-Diter Flik jamoasi Real Madriddan besh ochko ortda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.