Barselona darvozaboni Lev Yashinni tarixdagi eng yaxshilar qatoriga qoʻshdi

Barselona darvozaboni Lev Yashinni tarixdagi eng yaxshilar qatoriga qoʻshdi

Barselona darvozaboni Lev Yashinni tarixdagi eng yaxshilar qatoriga qoʻshdi
Barselona darvozaboni Voytsex Shesni futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar haqida gapirdi. U \"Buffon, Lev Yashin, Manuel Noyer, Petr Chex...

va albatta men – nega boʻlmasin?\" deya oʻz fikrlarini bildirdi. Ammo u oʻzini ushbu roʻyxatga qoʻshganida hazillashganini qoʻshimcha qildi.

Sovet darvozaboni Lev Yashin futbol tarixida \"Oltin toʻp\" mukofotini qoʻlga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi. U mazkur mukofotni 1963-yilda qoʻlga kiritgan.

Lev Ivanovich 1990-yilda olamdan oʻtgan. \"Barselona\" hozirda La Liganing musobaqa jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Oʻtgan dam olish kunlari Kataloniya klubi \"Real\"ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Shunga qaramay, Shesni oʻsha oʻyinda penalti zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.