Spaletti: "Yuventus" aʼzosiga aylanish – fantastika

Yangi bosh murabbiy Luchano Spaletti "Yuventus" klubiga kelishi bo‘yicha fikr bildirdi. "Dastlabki taassurotlar ajoyib.
Hammamiz bu klubning tarixini, tashkilotini yaxshi bilamiz. Bu yerda har doim yuqori talablar mavjud, lekin "Yuventus"ning bir qismiga aylanish va barchasini ichkaridan ko‘rish – fantastika," – dedi Spaletti matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli Spaletti "Yuventus" bosh murabbiyligida Igor Tudor o‘rnini egalladi. Italiya chempionatining to‘qqiz turidan so‘ng, Turin klubi turnir jadvalida 15 ochko bilan ettinchi o‘rinda bormoqda.
1-noyabr kuni Spaletti shogirdlari safarda "Kremoneze"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Hammamiz bu klubning tarixini, tashkilotini yaxshi bilamiz. Bu yerda har doim yuqori talablar mavjud, lekin "Yuventus"ning bir qismiga aylanish va barchasini ichkaridan ko‘rish – fantastika," – dedi Spaletti matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli Spaletti "Yuventus" bosh murabbiyligida Igor Tudor o‘rnini egalladi. Italiya chempionatining to‘qqiz turidan so‘ng, Turin klubi turnir jadvalida 15 ochko bilan ettinchi o‘rinda bormoqda.
1-noyabr kuni Spaletti shogirdlari safarda "Kremoneze"ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













