Xabi Alonsoning "Enfild"dagi mashg'ulotlardan voz kechish sababi ma'lum bo'ldi

Joriy seshanba kuni Madridning “Real” jamoasi Chempionlar ligasi doirasida “Liverpul”ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “qaymoqranglilar” uchrashuv oldidan “Enfild” stadionida mashg‘ulot o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Bosh murabbiy Xabi Alonso bu qarorni tasdiqlab, o‘z izohini berdi. “Biz “Liverpul“ga qarshi bahs oldidan “Enfild”da mashg‘ulot o‘tkazmaymiz.
O‘z bazamizda shug‘ullanishni afzal ko‘rdik, chunki 200 ta kamera oldida bo‘lishni istamaymiz”, – dedi ispaniyalik mutaxassis The Touchline nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, shanba kuni “Real” La Ligada “Valensiya” ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Liverpul”ga qarshi o‘yin seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













