Liverpul braziliyalik hujumchini sotib olishi mumkin


Braziliyalik hujumchi Kevin, huquqlari Londonning \"Fulhem\" klubiga tegishli, Angliyaning yirik klublaridan biri eʼtibor markaziga tushdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli hujumchini amaldagi Premer-liga chempioni – \"Liverpul\" xarid qilishga qiziqish bildirgan. Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda Kevin \"Fulhem\" safida 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Angliya chempionati turnir jadvalida \"qizillar\" uchinchi o‘rinni egallab turibdi, \"Fulhem\" esa 15-o‘rinda joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













