Flik "Barselona"ni tark etmaydi


Soʻnggi kunlarda Ispaniya matbuotida Xans-Diter Flik mavsum oxirida \"Barselona\" bosh murabbiyligidan ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu maʼlumotni jurnalist Florian Plettenberg rad etdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, nemis mutaxassisi \"koʻk-anorranglilar\" safidagi faoliyatidan mamnun va klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Flik 2024-yil may oyidan beri \"Barselona\"ni boshqarib kelmoqda.
Oʻtgan mavsumda u kataloniyaliklarga La Liga va Ispaniya Kubogini yutishda yordam berdi. Joriy mavsumda esa Flik jamoasi 11 turda 25 ochko toʻplab, \"Real\"dan keyin ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Bugun, 5-noyabr kuni \"Barselona\" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turida safarda \"Bryugge\"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













