PSJ uch futbolchining jarohati haqida maʼlum qildi

PSJ uch futbolchining jarohati haqida maʼlum qildi

PSJ uch futbolchining jarohati haqida maʼlum qildi
Chempionlar ligasi doirasida \"Bavariya\"ga qarshi oʻyinda nafaqat Usmon Dembele va Ashraf Hakimi, balki chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh ham jarohat oldi. Bu haqda PSJning rasmiy saytida xabar berildi.

Hakimining chap toʻpiq bogʻlamlari choʻzilgani, Dembelening chap boldir mushaklari shikastlangani, Mendeshning esa chap tizzasida choʻzilish aniqlangani maʼlum qilindi. Klub xabarida ushbu uch futbolchi bir necha hafta davomida tiklanish jarayonini oʻtkazishi aytilgan, lekin aniq muddatlar koʻrsatilmagan.

Shuningdek, PSJ Desire Due reabilitatsiya jarayonini davom ettirayotgani haqida ham maʼlumot berdi. Klub terma jamoalar oʻyinlari uchun tanaffusdan soʻng yangi yangiliklarni eʼlon qilishini bildirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.