Lamin Yamal Messiga qiyoslashlardan voz kechdi

Lamin Yamal Messiga qiyoslashlardan voz kechdi

Lamin Yamal Messiga qiyoslashlardan voz kechdi
18 yoshli Lamin Yamal Chempionlar Ligasi doirasida \"Bryugge\"ga qarshi o\'yinda gol urdi, ammo bu \"Barselona\"ga g\'alaba keltira olmadi (3:3). Ispaniyalik vinger 61-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol qilib, hisobni 2:2 koʻrinishiga olib keldi.

Biroq mezbonlar tez orada yana oldinga chiqishdi, 77-daqiqada esa \"koʻk-anorranglilar\" raqibning avtogoli sabab magʻlubiyatdan qutulib qolishdi. O\'yindan so\'ng jurnalist Yamaldan: \"Bu gʻolingiz yana Messini eslatdi\", deb soʻraganida, yosh futbolchi bunday javob berdi: \"Yoʻq, yoʻq, Leo minglab shunday gollar urgan, men oʻzimni u bilan qiyoslamayman.

Men faqat oʻz yoʻlimdan borishga va oʻz ustimda ishlashga harakat qilaman.\" \"Barselona\"ning yosh yulduzi joriy mavsumda oʻnta oʻyinda beshta gol urib, beshta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.