Barselona Erik Garsiyaning jarohati haqida ma'lum qildi

Barselona rasmiy veb-sayti orqali himoyachi Erik Garsiyaning jarohati borasida bayonot berdi. Futbolchining burni sinib ketgani aniqlangan.
Erik Garsiya himoya niqobida o'ynashni davom ettiradi. Uning Seltaga qarshi navbatdagi o'yinda ishtirok etish imkoniyati qo'shimcha tekshiriladi, deyiladi klub xabarida.
Erik Garsiya chorshanba kuni Chempionlar ligasida Bryugge klubiga qarshi safar uchrashuvi vaqtida jarohat oldi. Mazkur o'yinda tomonlar 3:3 hisobida durang o'ynadi.
La Liga doirasidagi Seltaga qarshi uchrashuv 9-noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Erik Garsiya himoya niqobida o'ynashni davom ettiradi. Uning Seltaga qarshi navbatdagi o'yinda ishtirok etish imkoniyati qo'shimcha tekshiriladi, deyiladi klub xabarida.
Erik Garsiya chorshanba kuni Chempionlar ligasida Bryugge klubiga qarshi safar uchrashuvi vaqtida jarohat oldi. Mazkur o'yinda tomonlar 3:3 hisobida durang o'ynadi.
La Liga doirasidagi Seltaga qarshi uchrashuv 9-noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













