Atletik Oviedoga qarshi oson gʻalaba qozondi

Atletik Oviedoga qarshi oson gʻalaba qozondi
Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida Bilbao shahri jamoasi "Atletik" "Real Oviedo"ni yirik ustunlik bilan magʻlub etdi. Mezbonlar raqib darvozasi tomon 20 ga yaqin zarba yoʻllashgan boʻlsa-da, faqat bir marta muvaffaqiyatga erishishdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Niko Uilyams individual harakatlari bilan raqib himoyasini yorib oʻtib, aniq zarba yoʻlladi va hisobni ochdi – 1:0. Mehmonlar esa oʻz imkoniyatlaridan foydalanishga urinishdi, ammo Ilyas Chayra oʻyindan tashqari holatda gol urdi, shuning uchun natija oʻzgarmadi.

Mazkur gʻalabadan soʻng "Atletik" 17 ochko bilan turnir jadvalining yettinchi pogʻonasini boʻlishmoqda. "Real Oviedo" esa 8 ochko bilan soʻnggi oʻrinda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.