Antonio Ryudiger nemis futbolining yangi yulduzini aytdi


Madridning \"Real\" jamoasi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger hozirda Germaniyaning eng yorqin yosh talanti kim ekanini maʼlum qildi. \"Qirollik klubi\" futbolchisi shu mavsumda Myunxenning \"Bavariya\" jamoasining asosiy tarkibida tobora koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlayotgan hujumkor yarim himoyachi Lennart Karlni alohida taʼkidladi.
\"Germaniyaning eng yaxshi yosh talanti? Bu, albatta, \"Bavariya\"dan Lennart Karl.
Juda qiziqarli oʻyinchi\", — dedi Ryudiger Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida. 17 yoshli Karl joriy mavsumda \"Bavariya\" safida 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yosh yulduzning debyuti oʻtgan yozda boʻlib oʻtgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













