Levandovski Ronalduni ortda qoldirdi

Levandovski Ronalduni ortda qoldirdi

Levandovski Ronalduni ortda qoldirdi
Barselona hujumchisi Robert Levandovski Seltaga qarshi o‘yinda xet-trikni boshlab berdi va 10-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Polshalik yulduz futbolchi o‘z faoliyatida yuzinchi marta 11 metrlik zarbani tepdi va ulardan 89 tasini golga aylantirdi.

Ispan OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi penaltini amalga oshirish foizi bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi – 89 foizga qarshi 83,66 foiz. Shuningdek, Levandovskidan Garri Keyn (88,88%), Erling Xoland (83,87%) va Kilian Mbappe (80,28%) ham ortda qolmoqda.

Robert Levandovski 2022-yilda Barselonaga o‘tdi. U Kataloniyaga kelishidan avval Germaniyada Bavariya va Dortmundning Borussiya klublarida faoliyat olib borgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.