Skorupski 1,5 oydan ko‘p maydonga tusha olmaydi

Skorupski 1,5 oydan ko‘p maydonga tusha olmaydi
Italiyaning "Bolonya" jamoasi polshalik darvozaboni Lukash Skorupski so‘nggi turda "Napoli"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. U o‘yin atigi sakkizinchi daqiqasida zaxiraga olindi.

Shunga qaramay, "Bolonya" Italiya chempionini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ammo "Bolonya" uchun yomon xabar shundaki, asosiy darvozabon jamoaga kamida yangi yilgacha yordam bera olmaydi.

Giorno dell'Independienza nashriga ko‘ra, Skorupski 1,5 oyga safdan chiqqan. U 28-dekabr kuni "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda maydonga qaytishi mumkin, lekin ehtimoliyroq variant - uning 2026-yilda maydonga qaytishidir.

Ayni paytda "Bolonya" Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.