Endrik "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Endrik "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin
Braziliyalik hujumchi Endrik qishki transfer oynasida Madridning "Real" klubini tark etib, "Manchester Yunayted" safiga qo'shilishi mumkin. Bu haqda Goal.com portali jurnalistlari xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" Endrikni jamoaga taklif qilishga tayyor, ayniqsa, hujumchi Benjamin Sheshko jarohat olganidan so'ng. 19 yoshli braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi" bilan 2030-yil o'rtasiga qadar amal qiluvchi shartnomaga ega.

Uning transfer narxi 35 million yevro atrofida baholanmoqda. Joriy mavsumda Endrik Ispaniya La Ligasida bir o'yinda ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.