Anchelotti Rodrigoning muammolari haqida gapirdi

Anchelotti Rodrigoning muammolari haqida gapirdi
Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" hujumchisi Rodrigo duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida o'z fikrlarini bildirdi. 24 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda, jamoani italiyalik murabbiy boshqargan paytda, ruhiy muammolarga duch kelgan edi.

"Qiyin paytlarda atrofdagilarning yordami zarur bo'ladi. Men hozir Rodrigoning shaxsiy hayotida o'zini yaxshi his qilayotganini ko'ryapman – u motivatsiyaga to'la va baxtli.

O'tgan mavsum oxirida esa buni aytish qiyin edi. Men uning muammosini tushunib, yordam berishga harakat qildim", – dedi Anchelotti Madrid Xtra nashriga.

Joriy mavsumda Rodrigo "Real" safida Xabi Alonso qo'l ostida asosiy tarkibda kamdan-kam paydo bo'lmoqda. Shu sababli, ommaviy axborot vositalarida uning jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.