Serbiya murabbiyi: Angliyani yutishimiz mumkin edi

Serbiya murabbiyi: Angliyani yutishimiz mumkin edi
Jahon chempionati – 2026 saralash bosqichi doirasida Angliya terma jamoasi o'z maydonida Serbiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu natija yuzasidan Serbiya murabbiyi Velko Paunovich o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizning o'yinimizdan mamnunman. Raqibda ajoyib jamoa va tajribali murabbiy bor.

Ular yaxshi o'yin ko'rsatishdi, lekin biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda Angliya jamoasining quruq seriyasini buzishga yaqin keldik.

Birinchi bo'limda standart vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Natijadan norozi bo'lsam-da, jamoamiz uchun xursandman", dedi Paunovich UEFA matbuot xizmatiga.

Mazkur mag'lubiyatdan so'ng Serbiya terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini boy berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.