Al-Ahli Toni ketishi haqidagi xabarga izoh berdi

Al-Ahli Toni ketishi haqidagi xabarga izoh berdi
Al-Ahli klubi direktori Ruy Pedro Braz hujumchi Ayven Tonining ehtimoliy ketishi borasidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq, 29 yoshli futbolchiga Londonning Tottenhem klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Toni – yuqori darajadagi futbolchi, ajoyib hujumchi. Uning yanvarda ketishi haqidagi mish-mishlar?

Bu mutlaqo haqiqatga mos kelmaydi. Biz u bilan jiddiy rejalarga egamiz va bu mavzuda gapirishning hech qanday ma'nosi yo'q", – dedi Braz, jurnalist Fabrichio Romano orqali.

Joriy mavsumda Toni barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urishga va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali mutaxassislariga koʻra, 29 yoshli hujumchining transfer qiymati 25 million yevroga baholangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.