Reynders: "Milan skudettoga erishishi mumkin"

Reynders: "Milan skudettoga erishishi mumkin"
Sobiq "Milan" futbolchisi Tidjani Reynders, yozda Angliyaning "Manchester Siti" klubiga o'tganiga qaramay, "rossoneri"ning joriy mavsumda A Seriya chempionligini qo'lga kiritish imkoniyati borligiga ishonadi. U jamoaning Massimiliano Allegri boshchiligidagi o'yinlarini yuqori baholadi.

"Skudetto? Uni qo'lga kiritish imkoniyati bor, jamoa ajoyib ish olib bormoqda.

G'alaba bo'lishiga ishonaman. "Milanga" qaytamanmi?

Ko'ramiz", - deydi Reynders pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik futbolchi "Milan" safida 2023 yildan 2025 yilgacha ikki mavsum davomida to'p surgan edi.

Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.