Angliya terma jamoasi yangi rekord o'rnatdi

Angliya terma jamoasi yangi rekord o'rnatdi

Angliya terma jamoasi yangi rekord o'rnatdi
Angliya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichining so\'nggi turida Albaniyani 2:0 hisobida mag\'lub etdi. Uchrashuvda Garri Keyn dubl qayd etib, 74 va 82-daqiqalarda gol urdi.

\"Uch sherlar\" ilk bor o\'z tarixida ketma-ket 11 ta rasmiy o\'yinda g\'alaba qozondi, deya xabar bermoqda Opta. Angliya jamoasi oxirgi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida, Millatlar ligasi doirasida Gretsiyaga o‘z uyida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ushbu o‘yinda oʻrtoqlik uchrashuvlari hisobga olinmagan. 2025-yil boshidan buyon Angliya terma jamoasini Tomas Tuxel boshqarib kelmoqda.

Germaniyalik murabbiy qo\'l ostida jamoa JCh-2026 saralash o\'yinlarida ajoyib natijalar qayd etdi: barcha 8 uchrashuvda gʻalaba qozonib, birorta ham gol o\'tkazib yubormadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.