Milan Enel bilan hamkorlikni boshladi

Milan Enel bilan hamkorlikni boshladi
Italiyaning "Milan" futbol klubi yangi texnologik hamkorini eʼlon qildi. Endilikda klubga Enel Energy kompaniyasi energetika sohasida yordam beradi.

"Sport va energiya jamiyatni o‘zaro bog‘laydigan va yangi qadriyatlar bilan boyitadigan kuchli o‘zgarishlar harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Ushbu ikki kuch ijobiy impuls yaratib, masʼuliyatli xatti-harakatlar va anglangan kelajakni targ‘ib qiladi", — deya taʼkidladi klub matbuot xizmati yangi kelishuv haqida maʼlumot berar ekan.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" ayni paytda Italiya A Seriyasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub so‘nggi marta Italiya chempioni unvonini 2022 yilda qo‘lga kiritgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.