Amorim "Manchester Yunayted" afsonalaridan yordam soʻradi

Amorim "Manchester Yunayted" afsonalaridan yordam soʻradi
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim klub afsonalarini jamoani yangi darajaga olib chiqishda yordam berishga chaqirmoqchi. The Sun nashrining Amorimga yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, mutaxassis "qizil iblislar"ning sobiq futbolchilari Erik Kantona, Devid Bekhem, Pol Skoulz, Teddi Sheringem, Endi Koul va Dvayt Yorkni futbolchilar bilan ishlashga jalb qilishni rejalashtirgan.

Amorim ushbu oltita sobiq futbolchiga chuqur hurmat bilan qaraydi. Portugaliyalik murabbiy oʻtmishda sobiq futbolchilar jamoa bilan muloqot qilib, oʻz bilim va tajribalarini futbolchilarga ulashgan paytlarni yuqori qadrlagan.

Hozirda "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yettinchi oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.