Arteta nega Gvardiola jamoasiga qoʻshilganini aytdi

Arteta nega Gvardiola jamoasiga qoʻshilganini aytdi
Mikel Arteta 2019-yil oxirida "Arsenal" bosh murabbiyi lavozimini egallashidan oldin uch yarim mavsum davomida "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning murabbiylar shtabida ishlagan edi. U oʻsha paytda nima uchun Gvardiola jamoasiga qoʻshilishni tanlagani haqida fikr bildirdi.

"Ehtimol, bizning falsafiy qarashlarimiz va "Barselona"da qanday tarbiya ko'rganimiz oʻxshash boʻlgani sabab boʻlsa kerak. Bundan tashqari, men boshqa insonlardan oʻrganish va turli xil tajribalar orttirishni toʻgʻri deb bildim.

Bu mening hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri boʻldi", — dedi Arteta Sky Sports nashriga. "Arsenal" Angliya chempionatining 11 turidan soʻng 26 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.