Alan Smit: Deklan Rays - "Arsenal"ning almashtirib bo'lmas futbolchisi

Alan Smit: Deklan Rays - "Arsenal"ning almashtirib bo'lmas futbolchisi
Manchester Yunayted sobiq futbolchisi Alan Smit Londondagi "Arsenal" klubining eng muhim futbolchisi sifatida Deklan Raysni tilga oldi. Sobiq hujumchining so'zlariga ko'ra, agar Rays jarohat olsa, bu "kanonirlar" uchun katta muammo bo'ladi.

Jamoa o'rta chiziqda energiya va standart vaziyatlarni yuqori darajada bajara oladigan futbolchini yo'qotadi. Jarima zarbalari va burchak toʻplari "Arsenal" uchun juda muhim, lekin Deklan Raysning oʻrnini bosadigan futbolchi yoʻq.

Hozirgi mavsumda Angliya Premer-ligasida Rays 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 26 yoshli yarim himoyachi o'z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.