Arsenal Yildizning agenti bilan muzokara olib bordi

Arsenal Yildizning agenti bilan muzokara olib bordi
Yuventus hujumchisi Kenan Yildiz boshqa klublarning diqqat markazida qolmoqda. Mashhur turkiyalik futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorge Mendesh yaqinda Londonning "Arsenal" klubi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida Indykaila News Italiyadagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Mazkur uchrashuv Turin shahrida boʻlib oʻtgan va unda 20 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi muhokama qilingan. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Kenan Yildizning narxi 75 million yevroga baholangan boʻlib, uning "Qariya sinyora" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha imzolangan.

Yildizni oʻz safiga qoʻshib olish istagini bildirgan boshqa yirik klublar orasida "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", Madridning "Real"i va boshqa Yevropa grandlari ham bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.