Chelsi futbolchilari A Seriyasiga yoʻl olishi mumkin

Chelsi futbolchilari A Seriyasiga yoʻl olishi mumkin

Chelsi futbolchilari A Seriyasiga yoʻl olishi mumkin
Londonning \"Chelsi\" klubi qishki transfer oynasida ikki himoyachi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlumotlariga koʻra, 19 yoshli himoyachi Josh Achimpong Florensiyaning \"Fiorentina\" klubi qiziqish doirasiga tushgan. \"Fiorentina\" rahbariyati yosh futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyinchalik toʻliq xarid qilish huquqini qoʻlga kiritmoqchi.

Bundan tashqari, \"Fiorentina\" jamoasi \"Chelsi\" safida oʻyin amaliyotidan yetarlicha foydalana olmayotgan Aksel Disasiga ham qiziqayotganligi aytilmoqda. Angliya chempionatining 11-turidan soʻng \"Chelsi\" 20 ochko toʻplab, musobaqa jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.