Lamin Yamal La Liga mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Lamin Yamal La Liga mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Barselona klubi vingeri Lamin Yamal oʻtgan mavsum La Ligadagi eng yaxshi futbolchi sifatida mukofot bilan taqdirlandi. 18 yoshli futbolchiga "Marca" nashri tomonidan Alfred Di Stefano nomidagi sovrin topshirildi.

Mukofotni qabul qilganidan soʻng, Yamal oʻz fikrlarini bildirdi. "Barcha individual mukofotlar jamoaning yaxshi mavsum oʻtkazganidan darak beradi.

Bu men uchun katta quvonch va faxr. Ayniqsa, yoshimni hisobga olsak, bu juda yoqimli.

Kelgusida ham yutuqlarga erishish uchun bor kuchim bilan ishlashda davom etaman", – dedi futbolchi intervyusida. Lamin Yamal 2024/25-yilgi La Liga mavsumida "koʻk-anorranglilar" safida 35 oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Barselona" chempionlikni qoʻlga kiritib, Madridning "Real" klubidan toʻrt ochko farq bilan oldinda boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.