Alisson maydonga qaytmoqda

Alisson maydonga qaytmoqda
Liverpul darvozaboni Alisson safga qaytdi. Bu haqda mersisayd jamoasi bosh murabbiyi Arne Slot juma kungi matbuot anjumanida maʼlum qildi.

"Alisson oʻtgan hafta va bu hafta mashgʻulotlarda qatnashdi, shuning uchun agar bugun hammasi yaxshi boʻlsa, u ertaga oʻynashi mumkin. Agar u tayyor boʻlsa, asosiy tarkibda maydonga tushadi", - dedi Slot jurnalistlarga.

Maʼlumki, Alisson sentyabr oyi oxirida Istanbulda "Galatasaray"ga qarshi oʻyinda (0:1) jarohat olgan edi. Braziliyalik darvozabon jamoasining turli musobaqalardagi sakkizta uchrashuvini oʻtkazib yubordi.

22-noyabr, shanba kuni "Liverpul" Premer-liga doirasida "Nottingem Forest"ni oʻz maydonida qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.