Rafinya maydonga qaytdi

Rafinya maydonga qaytdi
Barselona vingeri Rafinya yana safga qaytdi. Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining shanba kuni o'tkazilgan Atletikga qarshi o'yinida o'yinning yakuniga yaqin zaxiradan maydonga tushdi.

Rafinya hisob 3:0 bo'lganida va o'yin natijasi deyarli hal bo'lgan pallada o'yinga qo'shildi. Bu vaziyat, ayniqsa, Bilbaolik futbolchining qizil kartochka olgani bilan bog'liq edi.

Rafinya oxirgi marta Barselona safida deyarli ikki oy oldin, 25-sentabr kuni maydonga tushgan edi. Uning tiklanish jarayoni uzayib ketgani, jarohatning qaytalanishi bilan bog'liq bo'ldi.

Barselona va Atletik o'yinining yakunini LiveResult portali orqali kuzatish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.