Djenoa 47 metrdan gol urdi

Djenoa 47 metrdan gol urdi
Italiya A Seriyasining o'n ikkinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Djenoa" jamoasi Sardiniyaga safar qilib, mahalliy "Kalyari" bilan kuch sinashdi va tomoshabinlar uchun sermahsul o‘yinni taqdim etdi.

O'yinda genuyaliklar uchta gol urishga muvaffaq bo'lishdi, biroq o'z darvozalariga ham xuddi shuncha gol o'tkazib yuborishdi. Mahalliy muxlislarni xursand qilmagan narsa esa "Djenoa"ning uchinchi goli bo'ldi, chunki bu gol mehmonlarga mag'lubiyatdan qochishga imkon berdi.

Ammo bu golning go'zalligi va noyobligi alohida e'tiborga sazovor edi. Aaron Martin 47 metr masofadan darvozani ishgʻol qilgan holda, joriy mavsum A Seriyasidagi eng uzoq masofadan kiritilgan golga mualliflik qildi.

Ayni damda, "Djenoa" Italiya chempionatining turnir jadvalida 18-oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.