"Barselona" himoyachisi yangi pozitsiyadan gapirdi

"Barselona" himoyachisi yangi pozitsiyadan gapirdi

\"Barselona\"ning chap qanot himoyachisi Jerar Martin \"Atletik Bilbao\" jamoasiga qarshi o‘yinda o‘ziga notanish bo‘lgan markaziy himoyachi pozitsiyasida maydonga tushdi. 23 yoshli ispaniyalik futbolchi \"ko‘k-anorranglilar\"ga \"Kamp Nou\"ga qaytganidan keyingi ilk uchrashuvda 4:0 hisobida yirik g‘alaba qozonishga yordam berdi.

Martin jurnalistlarga bergan intervyusida shunday dedi: \"Men markaziy himoyachi pozitsiyasida bir necha hafta davomida mashg‘ulot o‘tkazdim. Har qanday o‘yinda bu zarurat tug‘ilishi mumkinligini bilar edim. Oson bo‘lmadi, chunki chiziqni doimiy ushlab turish kerak edi, biroq bu rol menga qulay.\"

\"Barselona\"ning navbatdagi raqibi \"Chelsi\" bo‘lib, uchrashuv 25-noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.