De Laurentis "Napoli"ni g'alaba bilan tabrikladi

De Laurentis "Napoli"ni g'alaba bilan tabrikladi
Italiya chempioni "Napoli" A Seriyaning 12-turida "Atalanta"ni ishonchli tarzda magʻlub etdi. Jamoa birinchi bo‘limdayoq raqib darvozasiga uchta javobsiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar "Atalanta"ga bitta gol urish imkoniyatini berishdi, ammo shunda ham gʻalaba qoʻldan chiqmagan. "Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

"Bravo, Konte! U vaziyatni nazoratga oldi.

Bravo, futbolchilar! Ular murabbiy koʻrsatmalariga rioya qilishmoqda", – dedi de Laurentis calcionapoli1926.it saytiga bergan intervyusida.

Mazkur gʻalaba "Napoli"ga chempionat turnir jadvalida birinchi oʻrinni qayta egallash imkonini berdi. Biroq bu oʻrin "Inter" va "Milan" oʻrtasidagi uchrashuv natijasiga qadar vaqtinchalik hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.