Vinisiusning kelajagi mavhumligicha qolmoqda

Vinisiusning kelajagi mavhumligicha qolmoqda
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi noaniq bo'lib qolmoqda. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi, ammo uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti.

COPE nashri jurnalisti Migel Anxel Diasning xabariga ko'ra, iyul oyidan buyon hech qanday yangilik yoki muzokaralar bo'lgani yo'q. Jarayon hozircha "kutish holati"da qolmoqda.

Yangi uchrashuvlar va muzokaralar hali rejalashtirilmagan. Shu bilan birga, Vinisiusning moliyaviy talablari muzokaralarni murakkablashtirmoqda.

Yozda futbolchi klub tomonidan taklif qilingan moliyaviy shartlarni qabul qilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.