Gvardiola Rodri haqida maʼlumot berdi

Gvardiola Rodri haqida maʼlumot berdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi guruh bosqichi beshinchi turida boʻlib oʻtadigan Bayerga qarshi oʻyindan oldin oʻz jamoasining kadrlar holati haqida maʼlumot berdi. "Rodri ertaga oʻynamaydi.

Kovachich ham ertaga maydonga tushmaydi. Qolgan futbolchilar oʻynashi mumkin.

Rodri haqida gapiradigan boʻlsak, uning qachon qaytishini aniq bilmayman. Uning sogʻligʻi toʻliq tiklanishini kutmoqchimiz", — dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Manchester Siti va Bayer oʻrtasidagi uchrashuv 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Oʻyinni LiveResult portali orqali matnli translyatsiyada kuzatib borishingiz mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.