Luis Enrike Markinyosni maqtadi: U jamoaning haqiqiy yetakchisi


PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Markinyosning 500-o‘yinini o‘tkazishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Murabbiyning ta\'kidlashicha, bu kabi ko‘rsatkich futbolchining barqarorligi va professionalligi haqida so‘zlaydi.
\"Bu aql bovar qilmas ko‘rsatkich. Bu nafaqat uning, balki barcha futbolchilar uchun muhim.
Shunday ajoyib faoliyatga ega futbolchini ko‘rish juda yoqimli. U alohida o‘yinchi, haqiqiy yetakchi.
Biz uchun u juda muhim va men uning PSJda uzoq yillar qolishini istayman\", — dedi Enrike. Eslatib o‘tamiz, 26-noyabr kuni PSJ Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida \"Tottenxem\"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













