Rapoport: "Real" Ispaniya chempioni bo'ladi

Rapoport: "Real" Ispaniya chempioni bo'ladi
Peterburgning "Zenit" klubi sobiq murabbiyi va sport direktori Boris Rapoportning fikricha, Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi g'olibi "Real Madrid" bo'ladi. Bu haqda ekspert "Evro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan intervyusida fikr bildirdi.

"Ushbu mavsum jamoa uchun ogʻir oʻtmoqda, allaqachon qiyinchiliklar sezilmoqda. Oʻtgan mavsumda kataloniyaliklar muvaffaqiyatli oʻynashdi, ammo oʻshanda "Real" muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

Bu mavsum esa, mening fikrimcha, "qirollik klubi" Ispaniya chempioni bo'ladi", - dedi Rapoport. "Real Madrid" Xabi Alonso boshchiligida La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Klub 13 turdan keyin 32 ochko to'plagan. Hans Flik boshqaruvidagi "Barselona" esa bir ochkolik farq bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.